Britaniya yo‘lovchi kemasidagi yo‘lovchilar AQSh qirg‘oqlari yaqinidan suzib o‘tish vaqtida infeksiyadan zaharlanishdi

Jahon 11:57 / 09.05.2016 3252

Britaniyaning Balmoral yo‘lovchi tashish  kemasining 252 nafar yo‘lovchisi va sakkiz nafar ekipaj a'zosi AQSh qirg‘oqlari yaqinidan suzib o‘tish vaqtida oshqozon-ichak infeksiyasi bilan zaharlanishdi. Bu haqida Amerikaning Kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish markazi vakillari xabar berishdi.

Angliyaning Sauthempton portidan Amerikaning Men shtati qirg‘oqlariga aprel oyining o‘rtalarida 34 kunlik sayohat uchun yo‘lga chiqqan Balmoral kemasi bortida 919 nafar yo‘lovchi va 502 ekipaj a'zolari bo‘lgan. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchilar va ekipaj a'zolari norovirus bilan zararlangan bo‘lishi mumkin. Kasallik belgilari – qusish, ko‘ngil aynishi va ich ketishi. Norovirus o‘choqlari asosan yopiq muassasalarda, yotoqxonalarda va yo‘lovchi kemalarida kuzatilmoqda. Bu infeksiya deyarli bir necha soat ichida tarqalishi mumkin. Jumladan, u zararlangan oziq-ovqatdan ham yuqadi.

Ko‘proq yangiliklar: