"Barselona" va "Bunyodkor" futbol klublarida to‘p surgan mashhur braziliyalik futbolchi Rivaldo Rio-de-Janeyroda 17 yoshli qiz o‘ldirib ketilgandan keyin odamlarni ushbu shaharda o‘tadigan 2016 yilgi Olimpiadaga kelmaslikka chaqirdi.
Qiz o‘g‘rilar tomonidan uni tunash paytida o‘ldirib ketildi.
Afsonaviy futbolchi, sobiq jahon chempionining aytishicha, uning vatanidagi jinoyatchilik darajasi 4 yillikning bosh sport musobaqalarini yuqori darajada tashkil etishga imkon bermaydi.
"Rioda jinoyatchilar 17 yoshli qizni o‘ldirib ketishdi. Mamlakatdagi vaziyat borgan sari yomonlashib bormoqda. Braziliyaga yoki Riodagi Olimpiadaga kelmoqchi bo‘lganlarga o‘z uylarida qolishni tavsiya qilaman. Bu yerda sizning hayotingiz xavf ostida qoladi. Men hali sog‘liqni saqlash sohasidagi muammolar va siyosiy tartibsizlik haqida gapirmayapman. Bizning davlatda yuz berayotgan rasvogarchilikni eplash faqatgina Tangrining qo‘lida", deb yozdi Rivaldo Instagram’dagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada o‘yinlari 5-21 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.