Braziliyada mamlakat prezidenti Russeffga nisbatan impichment jarayoni to‘xtatildi

Jahon 21:49 / 09.05.2016 7053

Braziliya parlamenti quyi palatasining yangi spikeri Valdir Maranyan mamlakat prezidenti Dilma Russeffga nisbatan impichment jarayonini bekor qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 
 
Spiker bergan bayonotda bu qaror impichment jarayonini boshlashda yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar sababli qabul qilingani aytildi.

Maranau bir hafta oldin, Braziliya Oliy sudi avvalgi spiker Eduardu Kunyani vakolatlaridan mahrum qilgandan keyin quyi palata raisi majburiyatlarini bajarishni boshladi.

Braziliya bosh prokurori Joze Eduardu Kardozu Oliy sudga Russeffga qarshi impichment jarayonini to‘xtatish iltimosi bilan murojaat qilishini aytgandi. Uning fikricha, impichment o‘z lavozimini suiiste'mol qilgan avvalgi spikerning noqonuniy harakatlari natijasida boshlangan.

Braziliya muxolifati prezidentning ketishini istamoqda. U kongressga prezidentning iste'foga ketishi va unga qarshi soliq qonunbuzarchiliklari va davlat mablag‘laridan foydalanishga gumon bilan tergov boshlanishi talabini bergan.

Ko‘proq yangiliklar: