AQShda oltita poygachi “Ford”ning auksioni bo‘lib o‘tadi

Fan-texnika 17:33 / 09.05.2016 11937

RM Sotheby’s auksion uyi Ford kompaniyasining oltita poyga avtomobilini sotuvga qo‘ydi. Mashinalarning umumiy boshlang‘ich qiymati 11 mln. AQSh dollari etib belgilangan.

Auktsiondagi eng qimmat lot deb 1966 yilda chiqarilgan Ford GT40 Mark I kupesi bo‘lib, u Laguna Seca, Riverside va Palm Springs poygalarida qatnashgan. Mashinalar uchun 3,75 mln. dan 4,25 million dollargacha so‘ralgan.

Bundan tashqari, auksionga 1964 yilda chiqarilgan Shelby 289 Cobra rodsteri ham qo‘yilgan. Birinchi sportkarni 2,2-2,6 mln. dollarga baholashgan. Ikkinchisi esa 1,4 million dollarga sotilishi rejalashtirilgan.

Bulardan tashqari, sotuvga ikkita poyga kupesi 1969-70 yilda chiqarilgan Ford Mustang Boss 302 Trans Am qo‘yilgan bo‘lib, ular amerikalik mashhur poygachilar Piter Revson, Den Gerni va Piter Gregg tomonidan boshqarilgan. Har bir avtomobil 1 mln.dan 1,3 million dollargacha baholangan.

Auktsionda, shuningdek, 1966 yilda chiqarilgan Shelby GT350 kupesi bo‘lib, 1970 yilda AQShda o‘tkazilgan SCCA chempionatida g‘olib chiqqan. Ikki eshiklik ushbu mashina uchun 450 ming dollar so‘ralgan.

Ushbu auksion Kaliforniya shtatining Monterey shahrida 19-20 avgust kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: