Afg‘onistonda sutka davomida 35dan oshiq jangari yo‘q qilindi

Jahon 18:28 / 09.05.2016 7718

Afg‘onistonlik harbiylar sutka davomida mamlakatning turli viloyatlarida kamida 35 nafardan ortiq  jangarini yo‘q qildi. Bu haqda Afg‘oniston Mudofaa vazirligiga asoslanib, Hama Press agentligi xabar tarqatgan.

Ma'lum qilinishicha, o‘ldirilganlardan ikki nafari jangarilar qo‘mondonlari bo‘lgan. Shuningdek, amaliyotlar natijasida o‘nlab jangarilar jarohatlangan.

Maxsus amaliyotlar Nangarhar, Paktiya, Qandahor, Maydan-Vardaq, Uruzg‘on, Saripul, G‘ilmon, Bog‘lon, Qunduz, Hirot, G‘azna va Juzjon vailoyatlarida o‘tkazilgan. Quruqlikdagi qo‘shinlarni osmondan mamlakat Harbiy havo kuchlari samolyotlari qo‘llab-quvvatlagan.

Afg‘oniston armiyasining yo‘qotishlari haqida ma'lumot yo‘q.

Afg‘onistondagi vaziyat keyingi yarim yil ichida yomolashib bormoqda. Bu vaqtgacha asosan tog‘li hududlarda o‘z harakatlarini olib borgan "Tolibon" jangarilari endilikda past tekisliklardagi yirik shaharlarni egallash uchun harakatlar olib bormoqda. Qolaversa mamlakatning g‘arbiy qismida IShID jangarilari guruhlari paydo bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: