Qohira yaqinidagi Xeluane shahrida qurolli hujum oqibatida 9 politsiyachi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Misr huquq-tartibot muassasalariga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi.
Bir guruh qurollangan, niqoblardagi kimsalar politsiyaning xizmat mikroavtobusini o‘qqa tutgan. Oqibatda politsiya zobiti, kapitan Muhammad Hamid va uning 8 nafar hamkasbi halok bo‘ldi. Ularning barchasi Xeluanning tergov boshqarmasi xodimlari bo‘lganlar.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bosqinchilar 4 kishi bo‘lgan. Ekstremistlar binodan chiqqan politsiyachilarni pikapda taqib qilib borgan. Huquq-tartibot muassasalari voqea joyida 39 ta gilza aniqlashdi.
Shaharda shu sababli xavfsizlik choralari kuchaytirildi, bir necha tuman o‘rab olindi, yondosh ko‘chalar berkitib qo‘yildi, jinoyatchilar qidirilmoqda. Qohiradan janubga olib boruvchi barcha yo‘llar to‘sib qo‘yildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu bosqinchilik ortida IShID terrorchilik guruhi turgan bo‘lishi mumkin. Guvohlar bosqinchilarning mashinasida terrorchilarning belgisini ko‘rishgan.