Ispaniya chempionati, 37-tur: "Barselona" yakka peshqadamga aylandi, "Atletiko" chempionlik uchun kurashdan chiqib ketdi

Sport 22:40 / 08.05.2016 34772

"Barselona" Ispaniya chempionatining yakunlanishiga bir tur qolganda chempionatning yakka peshqadamiga aylandi. Kataloniyaliklar Primeraning 37-turida o‘z maydonlarida "Espanol"ni 5:0 hisobida mag‘lub etdilar. "Barsa" tarkibida Luis Suares ikkita gol,  Lionel Messi, Rafinya va Neymar esa bittadan gol kiritishdi.

Bugungi turgacha "Barsa" bilan tengma-teng kelgan "Atletiko" "Levante"dan mehmonda 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Mehmonlar futbolchisi Fernando Torresning barvaqt goliga mezbonlar futbolchisi Viktor Kasadesus 30-daqiqada aniq zarba bilan javob berdi, 90-daqiqada esa Juzeppe Rossi madridliklar darvozasiga g‘alaba to‘pini kiritdi. "Atletiko" uchun chempionlik unvoni uchun kurash yakunlandi, chunki jamoa "Barsa"dan 3 ochko ortda qolmoqda, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha esa ustunlik kataloniyaliklar tomonda.

2-o‘ringa o‘z maydonida "Valensiya"ni 3:2 hisobida yutgan "Real" ko‘tarilib oldi. 1-bo‘limda "ko‘rshapalaklar" darvozasiga Krishtianu Ronaldu va Karim Benzema bittadan gol kiritishdi. 55-daqida Rodrigo madridliklar darvozasiga bitta javob to‘pini kiritdi, biroq bir necha daqiqadan keyin Ronaldu yana bitta to‘p muallifiga aylandi. Andre Gomeshning 81-daqiqadagi goli mehmonlarga farqni minimal ko‘rinishga keltirishga imkon berdi.

"Real" "Barsa"dan bir ochko ortda qolmoqda. Yakuniy turda kataloniyaliklar mehmonda "Granada" bilan, "Real" esa "Deportivo" bilan uchrashadi. 

Ispaniyaning joriy mavsumdagi chempioni masalasi oxirgi turga qoldirildi.

Quyida 8 mayda o‘ynalgan uchrashuvlarning natijalari keltirilgan:

Ispaniya Primerasi. 37-tur
Barselona – Espanol – 5:0
Gollar
: Messi, 8 (1:0); Suares, 52 (2:0); Suares, 61 (3:0); Rafinya, 74 (4:0); Neymar, 83 (5:0).

Levante – Atletiko M – 2:1
Gollar:
Torres, 2 (0:1); Kasadesus, 30 (1:1); Rossi, 90 (2:1).

Real Madrid – Valensiya – 3:2
Gollar:
Ronaldu, 26 (1:0); Benzema, 42 (2:0); Rodrigo, 55 (2:1); Ronaldu, 59 (3:1); Gomesh, 81 (3:2).
Chetlatish: Rodrigo, 83 (Valensiya)

Sevilya – Granada – 1:4
Gollar:
Kuenka, 45+1 (0:1); Gonsales, 73 (1:1); Baben, 79 (1:2); Al-Arabi, 86 (1:3, pen); Kuenka, 88 (1:4).

Vilyarreal – Deportivo – 0:2
Gollar:
Fayr, 32 (0:1); Peres, 57 (0:2).

Selta – Malaga – 1:0
Gol:
Nolito, 31 (1:0).

Real Sosedad – Rayo Valekano – 2:1
Gollar:
Oyarsabal, 12 (1:0); Orxiles, 50 (2:0); Gerra, 69 (2:1).
Chetlatish: Granero, 76 (Real Sosedad).

Eybar – Betis – 1:1
Gollar:
Kastro, 37 (0:1); Enrich, 73 (1:1).

Las-Palmas – Atletik B – 0:0

Ko‘proq yangiliklar: