AQShning Ukrainadagi yangi elchisi Mari Yovanovich bo‘ladi. Kiyev OAVi ma'lum qilishicha, Yovanovich 2012 yildan Yevropa va Osiyo ishlari bo‘yicha byuroda AQSh Davlat kotibi yordamchisining asosiy o‘rinbosari hisoblanadi. Diplomat ayol rus tilida a'lo darajada yozadi va so‘zlashadi, Ukrainadagi vaziyat bilan yaxshi tanish. Ta'kidlanishicha, ayol yaxshi reputatsiyaga ega.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Yovanovich AQShning Qirg‘iziston (2005-2008 yy.) va Armanistondagi (2008-2011 yy.) elchisi bo‘lib ishlagan. Bundan tashqari, u Ukrainadagi missiya boshlig‘i o‘rinbosari, AQShning Moskva, London, Ottava (Kanada) va Mogadishodagi (Somali) elchixonalarida ishlagan.
Yovanovich AQShning Ukrainadagi hozirgi elchisi Jyeffri Payyetta AQShning Gretsiyadagi elchisi qilib tayinlangani sababli uning o‘rniga keladi.