Rossiyalik tadbikor "Formula-1" poygachisi Kvyat va Toro Rosso jamoasiga xomiylik qilmoqchi

Sport 08:42 / 07.05.2016 2300

Rossiyalik tadbikor Sergey Belousov "Formula-1" avtopoygasida ishtirok etuvchi Kvyat va Toro Rosso jamoasi va rossiyalik poygachi Daniil Kvyat xomiysi bo‘ladi. Belousov bu haqda OAVga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Biz bu jamoani bir necha sabablarga ko‘ra qo‘llab-quvvatlashga qaror qildik. Birinchidan, biz anchadan beri Daniil Kvyat bilan tanishmiz va poygachining Red Bull’ga o‘tishidan oldin Toro Rosso bilan hamkorlik qilish imkoniyatini muhokama qilganmiz. Ikkinchidan, bizga "Formula-1" falsafasi yaqindir, unda ham bizning sohadagi kabi muvaffaqiyat ko‘plab odamlarning jamoaviy sa'y-harakatlari evaziga erishiladi. Biz, shuningdek, Toro Rosso rahbari Frants Tostni juda hurmat qilamiz", deb aytdi tadbirkor.

Tadbirkorning aytishicha, gap moliyaviy ko‘mak bilan bir qatorda texnologik ko‘mak haqida ketmoqda. U hamkorlik bo‘yicha kelishuvni uzoq muddatga tuzilishi rejalashtirilayotgani, biroq kelishuv jamoada Kvyat va Tost qolgan taqdirdagina amal qilishini aytib o‘tdi.

Belousov Toro Rosso Kvyatga Red Bull’dan ko‘ra ko‘proq mos kelishini aytib o‘tdi. "Men "Formula-1" eksperti emasman, biroq fikrimcha, Daniilga Toro Rosso’da qulayroq bo‘ladi. Red Bull tijoriy natijaga e'tibor qaratadi, bu yomon emas. Biroq Toro Rosso faqatgina sof poygalardir. Va biz jamoa bunday kreativlik va qat'iylik bilan istalgan byudjyet bilan yuta oladi, deb o‘ylaymiz.
Ferstappen (Red Bull’da Kvyatning o‘rnini egallagan poygachi) a'lo darajadagi poygachi, biroq Kvyat hali o‘zini ko‘rsatadi, uning mavsum boshidagi natijalari xursand qilmay qolmaydi", deb qo‘shimcha qildi Belousov.

5 may kuni Red Bull Kvyatni jamoadan chetlatgandi. Rossiyalik poygachi avvalgi jamoasi Toro Rosso’ga qaytarildi.

Sergey Belousov turli vaqtlarda Rossiya, Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyodagi axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan kompaniyalarni boshqargan tadbirkor va venchur investor blib, hozirda Parallels kompaniyasi boshqaruv raisi hamda Acronis kompaniyasining asoschisi va bosh direktori hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: