Olimlar rassom Leonardo da Vinchining tashqi ko‘rinishini uning suratlaridan olingan teri qoldiqlari yordamida tiklashmoqchi

Jamiyat 08:20 / 07.05.2016 7951

Genetiklar o‘rta asrlarda ijod qilgan, buyuk italyan rassomi Leonardo da Vinchining tashqi ko‘rinishini u chizgan suratlar va yozuv kitobchalarida saqlanib qolgan teri qoldiqlari va sochlaridan olingan DNK yordamida tiklashmoqchi. Bu haqda Sky News nashri xabar bermoqda. 

Ushbu tadqiqotni Kaliforniyadagi Kreyg Venter instituti mutaxassislari olib borishmoqda. Olimlar o‘z tadqiqotlarini rassomning Florentsiyada saqlanuvchi "Sehrgarlar ibodati" deb nomlangan suratini tahlil qilishdan boshlashmoqchi. Olimlarning aytishicha, suratda rassomning DNKsini olish mumkin bo‘lgan teri qoldiqlari saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin. 

Shundan keyin genetiklar olingan DNKni rassomning hozirda yashayotgan avlodlari DNKsi hamda rassomning ota-onasi deb taxmin qilinuvchi jasadlarning qoldiqlaridan olingan DNK bilan solishtirishmoqchi.

Olimlarning fikricha, ish muvaffaqiyatli kechsa, ular nafaqat rassomning "genetik suratini", balki uning qiyofasining ba'zi jihatlarini ham tiklashlari mumkin. Bundan tashqari, rassomning DNKsi haqidagi ma'lumotlar olimlarga rassom dafn qilingan joyni aniq topishda yordam berishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: