Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida bir o‘smirni baliq tutayotganda 27 ming voltlik elektr toki urdi. Bu haqda Rossiya ichki ishlar vazirligining Janubiy federal okrug transport politsiyasi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Yosh baliqchi qarmoqni tortganda uning leskasi yuqori voltli elektr uzatish liniyasi elektr magnit maydoniga tushib qolgan. Voqea joyiga yetib kelgan tergov-tezkor guruhi bu holatga temir yo‘l transporti obektlarida o‘zini xavfsiz tutish qoidalarining qo‘pol buzilishi sabab bo‘lganini aniqladi. Yigit ko‘plab kuyish jarohatlari bilan Krimsk shahri shifoxonasiga yetkazilgan.
Aniqlanishicha, yigit may bayramlarida Tambovdan buvisinikiga mehmonga kelgan bo‘lgan.