Kolumbiyada narkotrafikdan pul ishlovchi dunyo yetakchisi qo‘lga olindi

Jahon 20:18 / 07.05.2016 6241

Kolumbiya milliy politsiyasi narkotrafikdan pul ishlovchi Nidal Vaked Xatumni qo‘lga oldi, unga nisbatan AQShga ekstraditsiya qilish orderi mavjud. Bu haqida TASS nashri xabar berdi.

AQSh hamda Kolumbiyaning giyohvandlikka qarshi kurashuvchi idoralarining hamkorlikdagi harakatlari natijasida jinoyatchini hibsga olishga muvaffaq bo‘lindi. Uni Bogotadagi "El-Dorado" aeroportida pasport nazoratidan so‘ng qo‘lga olishdi.

AQSh huquqni himoya qilish organlari Xatumni giyohvand moddalar savdosidan olingan vositalarni legallashtirish maqsadida "ulkan tijorat konglomerati"ni yaratgani uchun qidiruvga e'lon qilgandi, deya aniqlik kiritdi Kolumbiya politsiyasi. Moliyaviy vositalarni o‘marish tizimi Kolumbiya va Panamada 68 kompaniya orqali amalga oshirilgan.

Yaqin kunlarda Xatum AQShning Florida shtatiga ekstraditsiya qilinishi mumkin, u yerda jinoyatchiga 50 yillik qamoq jazosi tahdid qilmoqda. Hozirgi vaqtda buning uchun zarur hujjatlar to‘planmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: