Kaliforniyada An-2 samolyoti quladi

Jahon 08:50 / 07.05.2016 2966

Sobiq ittifoqda 1940-yillarda yaratilgan An-2 bir motorli samolyoti Kaliforniyaning Xaylend shahrida dvigateli ishlamay qolgandan keyin qulab tushdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. Samolyot uchuvchisi va yo‘lovchiga hech narsa qilmagan.

Mohir uchuvchi Kliff Xitkout samolyotni maktab va turar joy binolari joylashgan joydan chetroqqa, dalaga olib ketishga muvaffaq bo‘ldi. 

Samolyot havoda to‘ntarilib ketgan va shu holda qulagan. Voqea guvohlari uchuvchi va uning sherigiga samolyotdan chiqib olishlarida ko‘mak berishgan.

Samolyot qulashi vaqtida elektr ta'minoti simini uzib yuborgani sababli 3 mingga yaqin odam elektr energiyasiz qolib ketgan. AQSh fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi ushbu holatni tergov qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: