Bokschi Meyuezerning otasi o‘g‘lining yakkakurash jangchisi bilan jang qilishini tasdiqladi

Sport 23:35 / 07.05.2016 7647

AQShlik bokschi Floyd Meyuezer aralash jang uslubi jangchisi Konnor Makgregor bilan jang o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu ma'lumotni ESNews telekanali efirida bokschining otasi Katta Floyd Meyuyezer tasdiqladi.

Britaniyaning The Sun nashri bokschi irlandiyalik yakkakurashchi bilan jang o‘tkazishga shartnomani imzolashga yaqin turganini ma'lum qildi. Kelishuv imzolansa, jang boks qoidalari bo‘yicha o‘tkaziladi, shartnoma qiymati esa ham boks, ham aralash yakkakurashlar uchun rekord qiymatdagi bo‘ladi. Jang yozda Las-Vegasda o‘tkazilishi mumkin.

"Bir necha kun avval Floyd menga jang o‘tkazmoqchi ekanligini aytdi. U uning raqibi qandaydir MMA jangchisi bo‘lishini aytdi. Makgregormidi-ey? Ha, biz u bilan jang o‘tkazishni istayapmiz. Fikrimcha, jang boks qoidalariga ko‘ra o‘tkaziladi, bu haqda yaqin orada ma'lum bo‘ladi", deb aytdi Katta Meyuyezer.

Avvalroq Kichik Meyuezer Makgregorni irqchilik va haddan tashqari g‘ashga tegadigan xatti-harakatlarda ayblagandi.

2015 yil kuzda Meyuezer hamyurti Andre Berto ustidan g‘alabaga erishgandan keyin faoliyatini yakunlashini e'lon qilgandi. 39 yoshli bokschi o‘tkazgan 49 ta jangidan barchasida g‘olib bo‘lgan. U 5 ta vazn toifasida jahon chempioni bo‘lgan. Bokschi 1996 yilgi Olipiada o‘yinlarining bronza medali sohibi hisoblanadi. Meyuezer barcha zamonlarning eng katta haq oluvchi bokschisi bo‘lib, janglari uchun oladigan gonorarlar, telenamoyishlar va chiptalar sotilishi bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. Meyuezer 2015 yilning iyunida "Forbs" jurnalining talqini bo‘yicha, 300 mln dollarlik daromad bilan dunyoning 100 nafar eng katta haq oluvchi sportchilari ro‘yxatining 1-pog‘onasini egallagandi. Bokschi birgina filippinlik bokschi Menni Pakyao bilan jangi uchun 220 mln dollar olgan.

Nevada shtati atletlik komissiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, Makgregor sobiq chempion Neyt Dias bilan 1-uchrashuvi uchun namoyishlar, xomiylardan olinadigan to‘lovlar va bonuslar hisobga olinmaganda 1 mln dollar gonorar olgan. Irlandiyalik jangchi shu tariqa MMA tarixida eng katta gonorar olgan sportchi bo‘ldi. Avval bu rekord braziliyalik Anderson Silvaga (800 ming dollar) tegishli bo‘lgan. Makgregor hisobida 19 ta g‘alaba va 3 ta mag‘lubiyat bor.

Ko‘proq yangiliklar: