AQShda harbiy samolyot falokatga uchradi

Jahon 07:27 / 07.05.2016 9375

AQShning Harrier harbiy samolyoti Shimoliy Karolina shtati qirg‘og‘i yaqinida falokatga uchradi. Dengiz piyodasi Korpusi bazasi Cherri-Point qo‘mondonligi ma'lumotlariga ko‘ra, uchuvchi Uilmington shahri hududida katapulta qilishga ulgurgan. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda. 

Ma'lum qilinishicha, samolyot o‘quv parvozini bajarish uchun Uilmington xalqaro aeroportidan havoga ko‘tarilgan. Keyinroq mahalliy vaqt bilan soat 17:05da 14-aviaguruhning 542-hujumkor bo‘limi uchuvchisi Uilmington sohili yaqinida katapulta qilgan.

"H-60 Seahawk vertolyotlari uchuvchini soat 17:28larda qutqarib olgan. Uchuvchi Shimoliy Karolinaning Lejyen shahridagi dengiz piyodasi bazasining shifoxonasiga yetkazilgan. Uning ahvoli barqaror", deb aytilmoqda qo‘mondonlik xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: