Toshiba rahbari o‘z lavozimidan ketadi

Iqtisodiyot 18:19 / 06.05.2016 2512

Yaponiyaning Toshiba kompaniyasi rahbari Masashi Muromachi qayta qurish islohotlari dasturi doirasida o‘z lavozimidan ketadi.

"Ushbu qaror kompaniya biznesini qayta qurish va yangi jamoani oldinga boshlash uchun qabul qilindi”, — deyiladi ma'lumotda.

Kompaniyaning ijrochi vitse-prezidenti Satoshi Tsunakavaning xabar berishicha, Muromachi o‘z lavozimidan joriy yilning iyun oyida bo‘shaydi hamda Toshiba’ning maslahatchilar kengashi a'zoligiga kiradi.
Toshiba avvalroq mash-mashalar markazida qolib ketgan edi. Uni foydalar e'lon qilinadigan hisobotdagi ma'lumotlarni noto‘g‘ri ko‘rsatganlikda va olti yil davomida bank hisob-raqamlardan pul yechib kelganlikda ayblashgan edi. Shu bois kompaniyadan bir necha bor 2014-15 yillardagi moliyaviy hisobotni e'lon qilishni so‘rashdi va ushbu hisobot 7 sentabrda omma e'tiboriga havola etilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: