Nyu-Yorkdagi plyajda oyoqlari sement bilan qoplangan erkak jasadi topildi

Jamiyat 11:06 / 06.05.2016 5866

AQShning Bruklin hududidagi Yyu-York sohillarida boshi izolyatsiyalangan, oyog‘i esa sement bilan qoplangan erkak jasadi topilgan. Bu haqda Sky News nashri xabar tarqatdi.

Taxminlarga ko‘ra, kuchli to‘lqinlar 28 yoshli Peter Martinezning jasadini sohilga olib chiqqan. Ma'lumotlarga ko‘ra, jasadning aynan Martinez ekani uning tanasidagi tatuirovka orqali aniqlangan. 

Nyu-York politsiyasi bergan ma'lumotga ko‘ra, erkak tanasi plastik qopga solingan, qo‘li esa bog‘liq holda bo‘lgan. Hozircha ular Martinez suvga oqizilgan paytda tirik bo‘lgan-bo‘lmaganini aniqlay olishmayapti. 

Politsiya manbalari bergan ma'lumotga ko‘ra, Martinez Bruklindagi G Stone Crip jinoiy guruhiga aloqador bo‘lgan. Xabar qilinishicha, u 30 marta jinoiy javobgarlikka tortilgan. Uning jazmani 2016 yilning fevralida Martinezning yo‘qolib qolgani haqida xabar bergan. 

Ma'lumot uchun, shu kunga qadar AQShda 1941 va 1964 yillarda beton bloklari bog‘langan jasadlar suv ostidan topilgan.

Ko‘proq yangiliklar: