«Xamas» yetakchisi Isroilni Falastin tuprog‘iga kiritmaslikka va'da berdi

Jahon 21:56 / 06.05.2016 16307

Falastinning «Xamas» harakati Isroil bilan urush qilishni istamaydi va shu bilan birgalikda isroilliklarning Falastin zaminiga bostirib kirishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqda harakat yetakchisi Ismoil Xaniya ma'lum qilgan.

«Ayirmachilik harakatlari G‘azo sektori chegarasida bufer zona (to‘qnashuvchilar orasidagi uchinchi betaraf hudud) hosil qilishga imkon bermaydi», degan u.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Misr, Qatar, Turkiya va BMT vakillari bo‘lgan vositachilar G‘azo sektorida tinchlik o‘rnatishga erishish uchun ish olib bormoqda.

Xaniyaning bayonoti Falastin-Isroil nizosining keskinlashuvi fonida yangradi.

Hozirgi vaziyat hududda 2014 yildan buyon ziddiyatlarning eng kuchaygan pallasidir.

2007 yilda Isroil va «Xamas» o‘rtasida 3 marta qurolli to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi. 2014 yilning yozida yuz bergan to‘qnashuvlar tufayli 2,2 mingdan ortiq falastinlik hamda 70 nafardan ortiq isroillik halok bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: