Erdo‘g‘an Turkiyada boshqaruv shaklining o‘zgarishidan qo‘rqmaslikka chaqirdi

Jahon 23:44 / 06.05.2016 11195

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an davlatda yangi konstitutsiya qabul qilinishi va boshqaruv shaklini o‘zgartirishni talab qilmoqda. U bu haqda 6 mayda Istanbuldagi chiqishida aytib o‘tdi.

"Yangi konstitutsiya va prezidentlik tizimi – prezident Toyib Erdo‘g‘anning shaxsiy istagi emas. Bu Turkiyaning joriy bosqichidagi zaruriyatdir. Bu o‘zgarishlardan qo‘rqmaslik kerak. Biz uni hamma qo‘llab-quvvatlashini va yangi konstitutsiya prezidentlik tizimi bilan kuchga kirishini kutmoqdamiz", deb aytdi Erdo‘g‘an.   

Erdo‘g‘anning aytishicha, yangi konstitutsiya "bir partiya yoki bir odam manfaatiga xizmat qilmaydi", boshqaruvning joriy parlament shakli esa inqirozlarga olib keladi. "O‘tgan yildagi 7 iyun va 1 noyabr o‘rtasidagi mavhumlik davri (parlament koalitsion hukumat borasida kelisha olmagan vaqt) prezidentlik vakolatlari tufayligina inqirozga aylanib ketmadi", deb aytdi Erdo‘g‘an.

Erdo‘g‘anning bosh vazir Ahmet Dovudo‘g‘luning Adolat va taraqqiyot partiyasi yetakchisi lavozimidan ketishiga to‘xtalib, Dovudo‘g‘luga uning ishi uchun minnatdorchilik bildirdi va partiya rahbariyati almashishi jarayoni va uning ortidan bosh vazirning almashishi davlat ishidagi to‘xtovlarsiz o‘tishini aytdi.  

Jamiyatning hukumatga qarshi kayfiyatda bo‘lgan qismi Dovudo‘g‘luning ketishini Erdo‘g‘anning partiyaga katta qiziqish bildirayotgani oqibati sifatida ko‘rmoqda. Erdo‘g‘anning eslatishicha, "u partiya asoschisi hisoblanadi, 12 yil uni boshqargan va bosh vazir bo‘lgan". "Bu ba'zilarni xavotirlantiradi. Axir bu tabiiy emasmi? Agar men prezident bo‘lgan bo‘lsam, bu o‘z do‘stlarim bilan aloqani uzishim kerakligini anglatmaydi-ku", deb aytdi Erdo‘g‘an.

Ko‘proq yangiliklar: