Britaniya neft kompaniyasi Eronda ofis ochadi

Iqtisodiyot 15:48 / 06.05.2016 2290

Britaniyaning BP neft giganti shu yilning yozida Eronda korporatsiya bo‘linmasini ochishni rejalashtirgan. Bu haqda The Wall Street Journal xabar qildi. 

Eron milliy neft kompaniyasi boshqaruvchisi Ruqniddin Javodiyning so‘zlariga ko‘ra, BP Eronga texnologiyalar va sarmoyalar olib kirishni rejalashtirgan. Britaniya kompaniyasi esa ushbu qarorga aniqlik kiritmadi. 

Nashr xabariga ko‘ra, shu paytga qadar BP rahbari Bob Dadli Eronga sarmoya kiritishdan saqlangan.

Ko‘proq yangiliklar: