Yaponiyadagi zilziladan so‘ng to‘xtagan Toyota zavodlari faoliyatini to‘liq tikladi

Fan-texnika 11:12 / 06.05.2016 2684

Yaponiyaning Toyota Motor Corp. avtogiganti mamlakatdagi barcha ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini to‘liq hajmda qayta tikladi, deb e'lon qilgan korporatsiyaning Ayti prefekturasidagi bosh qarorgohida. 

Ma'lumki, aprel oyi o‘rtalarida mamlakat janubi-g‘arbida bir necha marta yuz bergan kuchli yer silkinishlaridan so‘ng, kompaniya rahbariyati butlovchi qismlar yetkazib berishda uzilishlar bo‘lishi ehtimoli tufayli ishlab chiqarishni vaqtincha to‘xtatishga ahd qilgan edi. 

Kompaniya rahbariyati, Kumamoto prefekturasidagi ketma-ket yer silkinishlari sabab ushbu hududdagi muhim zavodi faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan edi. Shundan so‘ng, butlovchi qismlar yetkazib berish uzviyligi buzilgani oqibatida Yaponiyadagi boshqa asosiy zavodlar ham ish faoliyatini to‘xtatgandi. Shu bilan birga, Toyota Motor Corp. asta-sekinlik bilan vaziyatni tiklab, shu paytgacha ishlamayotgan 5ta zavodini ham qaytadan ishga tushirgan. 

Kyusyu orolida yuz bergan dahshatli zilzilalar tufayli Mitsubishi Motors Corp. va Honda Motor Co. zavodlari ham to‘xtagan edi.

Ko‘proq yangiliklar: