Amazon Buyuk Britaniyada yangi xodimlarga eng ko‘p ish haqi to‘laydigan kompaniya bo‘ldi

Iqtisodiyot 07:13 / 06.05.2016 4312

Internet-savdo bilan shug‘ullanuvchi Amazon kompaniyasi yangi xodimlarga to‘lanadigan ish haqi miqdorining yuqoriligi bo‘yicha Buyuk Britaniyada 1-o‘rinni egalladi. Bu haqda IB Times xabar bermoqda.

Emolument.com kompaniyasi o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, xodim kompaniyaga ishga kirganda yiliga 90 ming funt sterling (135 ming dollar) ish haqini o‘z ichiga oluvchi bir yillik paket bilan ta'minlanadi. Bu pullardan 15 foizi yaxshi ishlaganlik uchun bonusni tashkil qiladi.

Bu borada 2-o‘rinni yosh xodimlar uchun yiliga 83 ming funt sterlinglik (120 ming dollar) oylik bilan Apple, 3-o‘rinni esa yiliga 73 ming funt sterlinglik (105 ming dollar) ish haqi bilan Google egalladi.

Bundan tashqari, yangi xodimlarga eng ko‘p ish haqi to‘lovchi kompaniyalarning o‘ntaligidan Cisco, Microsoft, Oracle, Telefonica, Orange, SAP va IBM kompaniyalari ham o‘rin oldi.

Ko‘proq yangiliklar: