19 may kuni Mehnat vaziri OAV vakillari bilan onlayn matbuot anjumani o‘tkazadi

O‘zbekiston 20:53 / 06.05.2016 7484

2016 yilning 19 may kunida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan tizimdagi strukturaviy o‘zgarishlar, vazirlik faoliyatining asosiy vazifa va yo‘nalishlari masalalariga bag‘ishlangan onlayn matbuot anjumani o‘tkaziladi.

Tadbirga respublikaning barcha hududlaridan ommaviy axborot vositalari xodimlari taklif etilgan bo‘lib, jurnalistlar vazirlik faoliyati bilan bog‘liq savollarga javob olishlari mumkin.

Tadbirda Mehnat vaziri Aziz Abduhakimov yig‘ilganlar bilan muloqot qiladi.

Qayd etilishicha, bunday tashabbus O‘zbekistondagi davlat organlari orasida ilk marta amalga oshirilmoqda.

Onlayn matbuot anjumanida ishtirok etishni istagan jurnalistlar oldindan vazirlik axborot xizmatining elektron pochtasi — press@mehnat.uz ga ism-shariflari va faoliyat yuritayotgan OAV nomini yozib xat yuborishlari yoki (+99897)748-74-56 telefon raqamiga o‘rnatilgan “Telegram” messenjeriga ma'lumot qoldirishlari mumkin.

Matbuot anjumani Mehnat vazirligida 19 may kuni soat 9.00da boshlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: