Xitoy armiyasida ilk marta korrupsiyaga qarshi inspeksiya o‘tkaziladi

Jahon 12:41 / 05.05.2016 2287

XXR markaziy harbiy kengashi korrupsiyaga qarshi inspektorlardan iborat guruhlarni bir necha harbiy qismlarda tekshiruv o‘tkazish uchun safarbar etdi, deb xabar qilmoqda Xitoy markaziy televideniyesi.

Inspektorlar vazifasiga kirishishdan avval 2 kun mobaynida maxsus tayyorgarlikdan o‘tishgan. Jami bo‘lib 10ta ishchi guruh tashkil etilgan bo‘lib, aynan qaysi harbiy qismlarda tekshiruvlar bo‘lishi sir saqlanmoqda. 

"Siz qurolli kuchlarni kuchaytirish va ularning safini tozalash borasida muhim vazifasini bajarmoqdasiz. Mamlakat rahbari Si Tszinpinning chuqur ishonchi va sizlardan kutayotgan natijalar yodingizdan chiqmasin", - degan inspektorlar oldida ma'ruza qilgan Xitoy Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari general Syuy Tsilyan.

2012-13 yillarda mamlakat hokimiyatiga XXR raisi va Xitoy kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi bosh kotibi Si Tszinpin boshchiligidagi beshinchi avlod rahbariyati kelgach, korrupsiyaga qarshi kurash keskin tus oldi.

Ko‘proq yangiliklar: