WhatsApp Braziliyada bloklangach, Telegram’da 1 kun davomida 7 mln yangi foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tdi

Fan-texnika 16:07 / 04.05.2016 8816

Braziliya uyali aloqa operatorlari 2 may, dushanba kuni sud ko‘rsatmasi asosida WhatsApp messenjeriga kirishni butun mamlakat bo‘ylab 72 soat davomida yopib qo‘yishdi. Shundan so‘ng 1 kun davomida Telegram auditoriyasi 7 millionga ortdi. Ayni vaqtda ham mamlakat hududida WhatsApp ishlamayapti.

WhatsApp yopib qo‘yilishi muqarrar bo‘lganidan so‘ng braziliyalik foydalanuvchilar ommaviy tarzda Pavel Durovning Telegram messenjerida ro‘yxatdan o‘ta boshlagan.

Sankti-Spiritus shtati sudyasi Marsel Montalvauning messenjerni bloklash haqidagi qaroriga mobil dastur egalarining narkotiklar kontrabandasiga aloqador jinoiy ishlardan birini tekshirishda Braziliya rasmiylari bilan hamkorlikdan bosh tortgani sabab bo‘ldi.

Huquq-tartibot idoralari mobil dasturdan foydalangan gumonlanuvchilar muzokaralari haqida ma'lumot olishga harakat qilmoqda, biroq kompaniya shaxsiy ma'lumotlar oshkor etilmasligi siyosatini ro‘kach qilib, bundan bosh tortmoqda.

2016 yilning fevralida Telegram messenjerining faol foydalanuvchilari soni 100 mln kishiga yetgani qayd etilgandi. Bu messenjer orqali kuniga 15 mlrd xabar jo‘natiladi.

2015 yilning noyabrida Facebook ijtimoiy tarmog‘iga tegishli WhatsApp messenjeri o‘zining Android prilojyeniyasida Telegram xizmatidan foydalanish imkoniyatini to‘sib qo‘ya boshlagandi.

Ko‘proq yangiliklar: