Turkiyaning sayyohlikdan oladigan daromadlari 16,5 foizga tushib ketdi

Jahon 17:01 / 04.05.2016 2246

Turkiyaning sayyohlikdan oladigan daromadi 2016 yilning birinchi choragida o‘tgan yilning shu vaqtdagi holatiga nisbatan 16,5 foizga tushib ketdi. Mamlakat Statistika instituti saytida chop etilgan ma'lumotlardan bu haqida bilib olish mumkin. 

Sayyohlik sanoatining umumiy daromadi to‘rt milliarddan sal ortiqroqni tashkil etdi. Bunda sayyohlik tushumining 78,3 foizi xorijliklar chiqimiga to‘g‘ri keladi. 

Statistika instituti ma'lumotlariga ko‘ra, sayyohlar dam olishga o‘rta hisobda bir kishi uchun 796 dollar sarflashgan. 

Aprelning oxirida mamlakatning sayyohlik sohasidagi tanazzuli natijasida turk mehmonxonalarida joylashish narxining tushib ketganligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Masalan, bugungi kunda Istanbuldagi mehmonxona nomerining sutkalik o‘rtacha bahosi 140 yevrodan 91,9 yevroga tushib ketgan.

Ko‘proq yangiliklar: