Turkiyada jandarmeriya postida amalga oshirilgan portlash tufayli 1 kishi halok bo‘lib, 5 kishi jarohatlandi

Jahon 14:26 / 04.05.2016 2400

Turkiyaning janubi-sharqidagi Mardin viloyatidagi Derik tumani hududida joylashgan jandarmeriya boshqarmasida yuz bergan portlash tufayli 1 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi va yana 5 nafar kishi jarohatlandi. Bu haqda Turkiya harbiy bosh shtabi ma'lumotida keltirilgan.

"4 may kuni Mardin viloyatidagi Derik tumanidagi jandarmeriya postida, harbiy xizmatchilar yotoqxonasi hududida portlash sodir etildi. Bu portlash Kurdiston ishchilar partiyasi tomonidan avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi qurilma orqali amalga oshirildi. Natijada 1 harbiy xizmatchi halok bo‘lgan va harbiylarning oila a'zolari bo‘lgan kishilardan 5 nafari jarohatlangan", deyiladi xabarda.

Turkiyada hukumat va Kurdiston ishchilar partiyasi o‘rtasidagi ziddiyatlar 2015 yilning yozida yangilandi. O‘tgan vaqt ichida kurdlar bilan yuz bergan to‘qnashuvlar tufayli halok bo‘lgan harbiylar va politsiyachilar soni 400 nafardan ortgan. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bergan ma'lumotga ko‘ra, o‘tgan vaqt ichida 5 mingdan ortiq kurd jangarisi yo‘q qilingan. Kurdiston demokratik partiyasi rahbari esa halok bo‘lganlar orasida yuzlab tinch aholi vakillari bo‘lganini bildirgan.

Ko‘proq yangiliklar: