Tojikistonda Andrey Goshtning o‘limiga aloqadorlikda gumon qilinib to‘rtinchi shaxs qo‘lga olindi

Jamiyat 14:26 / 04.05.2016 3279

Syzran politsiyasi sobiq rahbari Andrey Gosht va uning oilasi o‘limida gumon qilinayotgan to‘rtinchi shaxs Tojikistonda qo‘lga olindi.

Gumondor Tojikistonning Afg‘oniston bilan chegarasini kesib o‘tmoqchi bo‘lganida qo‘lga olingan. Yaqin kunlarda u Samara politsiyasiga yetkaziladi.

"Bizning fikrimizcha, aynan u qolgan ikki mahbusni uyga boshlab kelgan", - dedi huquqni targ‘ibot qilish organi vakili. 

1 may kuni Samara viloyatida Gosht va uning oila a'zolari o‘limida gumon qilinayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlaridan chiqqan uch nafar shaxs qo‘lga olingan. 2 may kuni ular Syzran tuman sudining qarori bilan ikki oy muddatga hibsga olindi. Huquqni himoya qilish organlari manbasi to‘rtinchi gumondorning Tojikistonga qochgani to‘g‘risida xabar bergan. 

24 aprelda Syzrandagi Ivashevka qishlog‘ida Gosht va uning oila a'zolarining o‘ldirilishiga asosiy sabab sifatida talonchilik hujumi ko‘rilmoqda. Buning natijasida polkovnikning o‘zi, uning ota-onasi, turmush o‘rtog‘i va qarindoshi halok bo‘lgan. Faqat 2009 yilda tug‘ilgan qizgina tirik qolgan, hozirda u koma holatida.

Ko‘proq yangiliklar: