2016 yilning 3 may kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “2016 yilda O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid Davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar” Dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida, “Kompyuter injiniringi” va “Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakultetlarining iqtidorli talabalari, magistrlari va yosh professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy va texnik ishlanmalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmada “Kompyuter injiniringi” va “Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakultetlarining iqtidorli talabalari, magistrlari va yosh professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan 200dan ortiq dasturiy va texnik ishlanmalar namoyish etildi. Shuningdek, 33ta axborot tizimlari ishlanmalari, 11ta veb-sayt, 55ta dasturiy ishlanma, 20ta apparat ishlanmalar, 44ta texnik ishlanma, 21ta kompyuter o‘yin dasturlari va 19ta mobil ilovalardan iborat ishlanmalar namoyish etildi.
Ko‘rgazma yakunida ishlanmalar mualliflari 5 ta: “Eng yaxshi loyiha dizayni”, “Eng yaxshi veb-ishlanma”, “Eng yaxshi Android ishlanma”, “Eng yaxshi Windows ishlanma”, “Eng yaxshi dasturiy va apparat-dasturiy ishlanma” nominatsiyalari bo‘yicha tashkilotchilar tomonidan maxsus sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar (1-o‘ringa Acer plansheti, 2-o‘ringa Android One smartfoni , 3-o‘ringa Hard Disk) bilan taqdirlandi. Jumladan,
“Eng yaxshi loyiha dizayni” nominatsiyasiga:
1-o‘ringa “Tarixiy va zamonaviy binolarning 3D modeli” (A.Baxromov) loyihasi;
2-o‘ringa “Zaryadlovchi poyabzal” (I.Mirzayev) loyihasi;
3-o‘ringa “Ravon Racing” (E.Sattorov, M.Mirobidov) loyihasi;
“Eng yaxshi veb-ishlanma”
1-o‘ringa “Tashrif.uz” (R.Ramazanov, S.Zokirov) ishlanmasi;
2-o‘ringa “Onlayn test tizimi” (Sh.Qambaraliyev) ishlanmasi;
3-o‘ringa “emp.tuit.uz” (R.Faxrutdinov) ishlanmasi;
“Eng yaxshi Android ishlanma” nominatsiyasiga:
1-o‘ringa “Secure SMS” (J.Odilov) ishlanmasi;
2-o‘ringa “My.tuit.uz” (M.Nuriddinova) ishlanmasi;
3-o‘ringa “learn words” (A.Ibragimov, A.Suyunov) ishlanmasi;
“Eng yaxshi Windows ishlanma” nominatsiyasiga:
1-o‘ringa “3D obekt” (X.Xo‘jamatov) ishlanmasi;
2-o‘ringa “Ur to‘qmoq” (S.Xalilov, N.Baltabayev) ishlanmasi;
3-o‘ringa “English for kids” (J.Xoshimov) ishlanmasi
“Eng yaxshi dasturiy va apparat-dasturiy ishlanma” nominatsiyasiga:
1-o‘ringa “Elektron kalit” (M.Qo‘chqorov) ishlanmasi;
2-o‘ringa “DeNTA (robot)” (M.Yoriqulov) ishlanmasi;
3-o‘ringa “SKUD sistema” (I.Alyabev) ishlanma lari loyiq deb topildi.
Ishtirokchilar tomonidan yaratilgan dasturiy maxsulotlar va texnik ishlanmalarni ta'lim, kichik biznes, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, sanoat va avtomobilsozlik sohalarida qo‘llash mumkin.