Putin 30 kun sababsiz ish qoldirgan deputatlarni mandatidan mahrum etish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Jahon 13:57 / 04.05.2016 2566

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin 30 kun davomida sababsiz ishga kelmagan va saylovchilari bilan aloqalarini yo‘qotgan Davlat dumasi deputatlarini mandatidan mahrum etish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Hujjat nusxasi huquqiy axborotga oid rasmiy internet-portalida joylashtirilgan. 

«Federatsiya kengashi va Davlat dumasi a'zosi maqomi to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan tuzatishlarga ko‘ra, Davlat dumasi a'zosi 30 yoki undan ortiq ish kuni mobaynida vazifasini bajarmasa yoki ish joyiga kelmasa deputatlik mandatidan o‘zi a'zo bo‘lgan fraksiya yoki parlament qo‘mitasi tashabbusiga binoan Duma qarori bilan mahrum etilishi mumkin. 

Deputatni vakolatlarini to‘xtatish bo‘yicha rasmiy asosni esa Duma axloq komissiyasi tuzib chiqadi. 

Davlat Dumasi hujjatni 22 aprel kuni qabul qilgan, 27 aprelda Federatsiya kengashi tomonidan ma'qullangan edi.

Ko‘proq yangiliklar: