Madridda gastronomik kutubxona ochiladi

Jamiyat 12:50 / 04.05.2016 2257

Ispaniya poytaxti Madrid shahrida kelgusi yilda gastronomik kutubxona ochiladi. Bu haqida TASS muxbiriga Madrid meri Manuela Karmena ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "yaqin orada Ispaniya poytaxtining juda ko‘rkam tarixiy markazida gastronomik kutubxona ochiladi".

"Bu butun dunyo gastronomiya hamda ovqatlanishga oid savollariga kitoblardan javob topa oladigan joy bo‘ladi", - dedi mer.

U markaz doirasida ovqatlanish bo‘yicha saboq beriluvchi maxsus restoranlar ochilishini ta'kidladi. 

Karmenaning ma'lum qilishicha, mazkur kutubxonada har bir bosh oshpaz "o‘z retseptlarini taqdim qila oladi". 

Mer ushbu markazning Kasa de kampo xiyoboni yaqinidagi qirol Filipp  II qurdirgan tarixiy binoda joylashishini qayd etib o‘tdi. 

Karmena qirollik poytaxti har bir sayyohning hordiq chiqarishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratishini bildirdi. 

"Madrid - tarixiy shahar, u saroylar, muzeylar va boshqa ko‘ngilochar maskanlarga to‘la. Bizning mehmonxonalarimiz keng tarmoqli. Bu hatto tunda bir o‘zingiz sayr qilishingiz mumkin bo‘lgan juda xavfsiz shahar, shuningdek bu yerda tarnsport tizimi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan", - qo‘shimcha qildi mer.

Ko‘proq yangiliklar: