Keniyada yuz millionlab dollarlik fil va karkidon suyaklari yoqib yuborildi

Jamiyat 13:46 / 04.05.2016 3601

Keniya hukumati brakoner (o‘g‘ri-ovchi)lar tomonidan o‘ldirilgan 6700 ta filning musodara etilgan tishlarini yoqib yubordi. 

100 tonna fil tishidan 11 ta katta gulxan yasaldi. Ularning bittasiga prezident Uxuru Keniata shaxsan o‘zi olov qaladi. Bundan tashqari, gulxanda 1350 kilogramm karkidon shoxi ham yoqildi.

Ushbu harakatlar orqali Keniya hukumati fillarni daromad uchungina nobud etuvchi brakonerlarga qarshi kurashini namoyish etdi. 

Yuz millionlab dollarlik fil suyaklari hamda karkidon shoxlarining yoqilishidan oldin Afrika davlatlari rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. Ma'lum bo‘lishicha, ular va nihoyat  noqonuniy savdoga chek qo‘yishni qat'iy rejalashtirgan. 

Biroq suyaklarni yoqish marosimiga noroziligi bildirganlar ham bo‘ldi. Ularning fikriga ko‘ra, musodara etilgan suyaklarning yo‘q qilinishi narxning oshishiga olib keladi. Bu esa brakonerlarni yana yangi qotilliklar sari yetaklashi mumkin.

 

Ko‘proq yangiliklar: