Italiyada qorni ochlarga yemish o‘g‘irlashga ruxsat berildi

Jahon 10:52 / 04.05.2016 3392

Italiya oliy kassatsion sudi qaroriga binoan, endi bu mamlakatda och qorinni to‘ydirish maqsadida mahsulot o‘g‘irlash jinoyat hisoblanmaydi. 

Daily Mail xabariga ko‘ra, ushbu mazmundagi qaror 2011 yili 6 oy qamoq va 100 yevro miqdorida jarima bilan jazolangan ukrainalik Roman Ostryakovning ishini ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha qabul qilindi. Ostryakov Genui supermarketidan umumiy qiymati 4 yevrodan sal oshiqroq bo‘lgan ikki bo‘lak pishloq va sosiska o‘g‘irlagani uchun qo‘lga olingan edi. 

Ukrainalik “ochlikni qondirish tabiiy ehtiyojini qondirish” vajidan o‘-irlikka qo‘l urgan, shuning uchun, sud qaroriga ko‘ra, uning harakatlari jinoyat hisoblanmaydi, degan qarorga kelishdi.

Shu o‘rinda yurtimizning ayrim supermarket va do‘konlarida non mahsulotlari bo‘limida bepul non tarqatiladigan maxsus joy borligini eslatib o‘tamiz. U yerda “agar non olishga puling bo‘lmasa, uni tekinga ol” yozuvini uchratish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: