Xitoy hukumati iqtisodchilarga tushkun kayfiyatdagi ma'lumotlar berishni taqiqladi

Jahon 16:16 / 04.05.2016 2188

Xitoy hukumati milliy iqtisodiyot haqida pessimistik prognozlar berishni taqiqladi. Manbalarning ma'lum qilishicha, bu jamiyat ichidagi xavotirni pasaytirishga qaratilgan. 

Qimmatli qog‘ozlar, senzorlar nazoratchilari va Xitoyning boshqa hukumat amaldorlari tahlilchilar va iqtisodchilarni milliy iqtisodiyotni bashorat qilishda tushkun kayfiyatni bermasliklarini og‘zaki ogohlantirishmoqda. Bu haqda vaziyatdan boxabar manbalariga asoslanib, The Wall Street Journal xabar bermoqda. 

Xitoyda uzoq iqtisodiy turg‘unlik holatida mamlakat istiqboli haqida borayotgan tashvishlarni bostirish uchun ushbu xatti-harakatlarni olib bormoqda, deb yozadi gazeta. 

Gazeta manbasining keltirilishicha, Guotai Junan Securities Co.ning bosh iqtisodchisi Lin Tsayi korporotiv qarzlarning oshgani, uy-joy bozorida yuzaga kelayotgan holat va Xitoy valyutasining zaiflashganini ommaviy tarzda bayon qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: