Xitoy Xalq banki yuan qadrini yana tushirdi

Iqtisodiyot 13:51 / 04.05.2016 3908

Xitoy xalq banki (markaziy banki) milliy valyutaning AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 0,59 foiz yoki 378 bazaviy punktiga tushirishga qaror qilgan. Endilikda bir Amerika dollari  6,4943 yuanga baholanmoqda. Aytish joizki, yuanning xorijiy valyutaga nisbatan mazkur qadrsizlanishi 2015 yil avgustidan beri eng kuchlisi hisoblanadi. 

Shu bilan birga, Xalq banki mamlakat moliya tizimi likvidligini RePO amaliyoti vositasida qo‘llab turibdi. TASSning xabariga ko‘ra, 3–4 may kunlari Xitoy markaziy banki RePO (qimmatli qog‘ozlarni qayta sotish sharti bilan xarid qilish amaliyoti) yordamida 30,8 mlrd dollar miqdoridagi mablag‘ni muomalaga chiqargan.

Ma'lumki, AQSh prezidentligi uchun respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp Indiana shtatida qilgan saylovoldi nutqida Xitoyni savdo siyosati va yuan kursini o‘ynatish bilan Amerika iqtisodiyotini «zo‘rlayotganlik»da ayblagan edi.

Ko‘proq yangiliklar: