Germaniyada dahshatli qotilliklar fosh etildi

Jamiyat 16:55 / 04.05.2016 15998

Germaniyada istiqomat qiluvchi er-xotin tanishuv e'loni vositasida o‘z uyiga chaqirgan ayollarga davriy ravishda azob berib kelgan. 41 yoshli nemis ayolining o‘limiga doir tekshiruvlarni olib borgan politsiyaning oydinlik kiritishicha, bu hodisa bir martagina yuz bermagan.

Bir necha yil muqaddam, quyi saksoniyalik 33 yoshli ayol ham qotil juftlik qurboni bo‘lgan. Vahshiylarning azobidan ayolning joni uzilgach, jinoyatchilar uning jasadini bo‘laklarga parchalab muzlatgach, kaminda yoqib yuborishgan. 

Prokuror Ralf Meyyerning so‘zlariga ko‘ra, “jinoyatchilarning birinchi qurboni doimiy jismoniy azoblardan aziyat chekkan. Unga tanasining turli joylariga urish bilan azob berishgan, isitish batareyalariga bog‘lashgan, harakatlanishdan cheklab qo‘yishgan. Ba'zan u sovuq xonada uxlashga majbur bo‘lgan”.

Tergovchi Ralf Ostermanning aytishicha, ikki voqea xususida tafsilotlar aniqlangach, ularning ish jarayoni yanada jiddiylashgan. Endilikda tergovchilar, qotillar uyining har qarichini bedarak yo‘qolgan boshqa ayollarga tegishli biron ashyoviy dalilni qo‘lga kiritishi ehtimoli sababli diqqat bilan ko‘zdan kechirishga majbur bo‘lishmoqda. Ralfning ta'kidlashicha, ayni vaqtda huquq-tartibot idoralari xodimlari ushbu dahshatli uyda boshqa ayollar ham o‘ldirilmaganini ishonch bilan ayta olishmaydi. 

Ushbu voqealar Xyokster shahrida yuz bergan bo‘lib, juftlikning familiyalariga oydinlik kiritilmagan. Ularning ismigina oshkor etilgan – Vilfrid va Angelika. Ularning ikkisi ham jinoyatlarini tan olgan va ayni vaqtda ruhiy tekshiruvlardan o‘tmoqda.

Politsiyaning fikricha, ayollar er-xotin uchun shunchaki jinsiy ko‘ngilxushlik va zo‘rlash vositasi bo‘lishmagan, aslida ular xo‘rlash va azoblash uchun taklif etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: