Frantsuz shifokori yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan 15 nafar o‘zbekistonlik bolani tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi

Jamiyat 18:53 / 04.05.2016 5754

Professor kardiojarroh Olive Baron boshchiligidagi fransiyalik shifokorlar guruhi o‘tgan hafta Toshkent shahriga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif «Sen Yolg'iz Emassan» fondi tomonidan yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida tashkil etildi.

Tug‘ma yurak nuqsonlari bilan xastalangan 15 kishidan iborat bo‘lgan bolalar ro‘yxati kam ta'minlangan oilalar tomonidan Fondning tibbiy-ijtimoiy departamentiga yo‘llagan murojaatlari asosida tuzilgan edi.

Frantsuz shifokorlari va ularning o‘zbekistonlik hamkasblari tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazida tibbiy ko‘rik va konsultatsiyalar amalga oshirilib, ular natijasi asosida tug‘ma yurak nuqsonining og‘ir formasi bilan og‘rigan ikkita bola tanlab olindi. Ushbu ikki bolaning sog‘lig‘i jarrohlik aralashuvini talab etib, mazkur operatsiyalarni respublikamiz klinikalari sharoitida bajarishning iloji bo‘lmaganligi sababli, bu bolajonlar Fond tomonidan Fransiyaning Nant shahridagi klinikaga yuboriladigan bo‘ldi. 

Ushbu safar chog‘ida, Respublika jarrohlik markazining shifokor-kardiojarrohi va tibbiy hamshirasining bolalar yonida bo‘lib, ularga hamrohlik qilishlari ko‘zda tutilgan. Qolgan 13 nafar bolaga jarrohlik amaliyotini joriy yilning sentabr-oktabr oylarida amalga oshirish rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: