Eron neft qazib olishni ko‘paytiradi

Iqtisodiyot 18:46 / 04.05.2016 2414

Eron bir kecha-kunduzda 3,8 mln. barrel neft qazib olish niyatida, deb xabar qilmoqda RNS agentligi Bloombergga asoslangan holda.

Xalqaro energetika agentligi (XEA) ma'lumotlariga ko‘ra, Eron G‘arb sanksiyalari joriy qilinguncha bir kunda 3,5–3,7 mln. barrel neft qazib olgan. 
Aprel oyi o‘rtalarida Eron neft qazib olish ko‘rsatkichini sanksiyalargacha bo‘lgan davr darajasiga olib chiqish rejasi haqida ma'lum qilgan edi.

Shu bilan bir vaqtda, Eron neft vaziri Bijon Namdor Zangane Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak bilan uchrashishi xabar qilinmoqda. Ular OPeKning iyun oyiga belgilangan majlisidan avval neft sohasida fikr almashishadi.

Ko‘proq yangiliklar: