Davlat raqobat qo‘mitasi UZPAYNETni narxlar bo‘yicha diskriminatsiyada aybladi

Iqtisodiyot 09:54 / 04.05.2016 8197

Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi UZPAYNET MChJ QKning operatorlar — o‘z xizmatlari uchun to‘lov qabul qiluvchilar uchun qo‘llaniladigan tariflarini o‘rganib chiqdi. Qo‘mita matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tekshiruvlar natijasida operatorlarning ba'zi toifalariga nisbatan tariflar qo‘llashda diskriminatsion shartlardan foydalanish holatlari aniqlandi.

Kompaniyaning internet va boshqa xizmatlar uchun  to‘lov qabul qilishda ushlab qolinadigan pul miqdori esa o‘rtacha 10 foizni tashkil etadi (4,5 foizdan 15 foizgacha).

Mobil aloqa, shahar telefon aloqasi va kommunal xizmatlar bo‘yicha to‘lov qabul qilishda ushlab qolinadigan pul miqdori to‘lov summasining 4,5 foizidan oshmaydi.

Qo‘mita UZPAYNET kompaniyasiga nisbatan shartnomaga diskriminatsion shartlar kiritish bo‘yicha ish qo‘zg‘adi va unga raqobat haqidagi qonunchilik talablarini buzishni to‘xtatish va yo‘l qo‘ymaslik haqida buyruq berildi.

Xabarda aytilishicha, UZPAYNET monopoliyaga qarshi kurashuvchi qo‘mita talablarini bajargan va narxlar siyosatini qayta ko‘rib chiqqan.

Ko‘proq yangiliklar: