Belgiyada qamoqxona xodimlarining ish tashlashlari 9 kundan buyon davom etmoqda

Jahon 14:08 / 04.05.2016 2665

Bryussel va Belgiyaning fransuz tilida so‘zlashuvchi qismi – Vallonida turma nazoratchilarning ishlash tashlashi to‘qqiz kundan buyon davom etmoqda. Bu haqda RTBF teleradiokompaniyasiga tayanib RIA Novosti xabar berdi. 

Qamoqxona xodimlari nafaqat maoshlarning oshirilishi, balki, birinchi o‘rinda qirollik hududidagi turmalarda mahbuslarning o‘ta zich joylashtirilishi muammosini hal etishni talab qilishmoqda. 

Ekspertlarning fikriga ko‘ra, ushbu muammo mahbuslar o‘rtasida tajovuzkorlik ruhini kuchaytirib yuboradi. Ba'zan bu holatni turma nazoratchilari ham tartibga sola olmaydi. 

Belgiya qamoqxonalarida so‘nggi yillarda turmadan qochish, mahbuslar o‘rtasida jiddiy janjallar, nazoratchilarga hujum qilish, shuningdek, hibsdagilar o‘rtasida narkotik moddalar iste'mol qilish holatlari ko‘payib ketmoqda. 

Turmalarda zichlikni bartaraf etish uchun belgiyalik rahbarlar tomonidan qo‘shni Niderlandiya hududida qamoqxonalarni ijaraga olish tajribasi kiritildi.

Ko‘proq yangiliklar: