Amerikadagi Apple Store’da juda katta xochi sabab "Iso" qo‘lga olindi

Jamiyat 10:03 / 04.05.2016 4294

Apple’ning Filadelfiyadagi do‘konida och jigarrang libosdagi soqolli kishi qo‘lga olindi. O‘zini Iso Masih deb tanishtirgan kishi elektron pochtasini tekshirish uchun do‘konga kirganini ma'lum qilgan, deb yozadi The Guardian gazetasi.

Uning do‘konga kiraverishda katta xochni qoldirgani mijozlarning kirishiga xalaqit qilgan. Do‘kon qo‘riqchilari va xodimlari undan tezroq ketishni iltimos qilishlariga qaramay, u shoshilmagan. Shundan so‘ng, do‘kon xizmatchilari politsiyani chaqirishga majbur bo‘lishgan. Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot idoralari xodimlari "Iso"ni hisbga olishgan. 

Maykl Grant mahalliy omma orasida anchagina mashhur bo‘lib, uzun liboslarda shahar bo‘ylab sayr qilishni xush ko‘radi. 2014 yilda ham u shaharda sirpang‘ichda paydo bo‘lgan va odamlar e'tiborini tortadigan tarzda kiyingani sabab, ma'lum bir haq evaziga suratga tushishni taklif etgan.

Ko‘proq yangiliklar: