AQShda Yevropadagi harbiy kontingentni oshirish istagi to‘g‘risida ma'lum qilishdi

Jahon 15:04 / 04.05.2016 2237

Yaqin vaqt ichida Amerikaning Yevropadagi harbiy kontingentini oshirish rejalashtirilmoqda. Bu haqida Foreign Policy nashriga AQSh harbiy kuchlarining Shtab rahbarlari birlashgan qo‘mitasi raisi Jozef Danford ma'lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, gap qo‘shimcha jangovar bo‘linmalar, shuningdek "kosmik tizimlar, kiberqurol, uzoq masofali bombardimonlar, mudofaa raketasi" va ittifoqdoshlar xavfsizligini kuchaytirish imkonini beruvchi boshqa chora-tadbirlar haqida bormoqda.

Joriy yilning fevral oyida Reuters agentligi Pentagonning 2017 moliyaviy yildagi harbiy xarajatlariga Rossiya, Xitoy va IShID jangchilari tahdidini hisobga olib, deyarli 600 milliard dollar ajratishini so‘raganini ma'lum qilgandi.

Oq uy harbiy boshqarmaning 523,9 milliard dollarlik qiymatga ega tayanch byudjyetini yaratishni rejalashtirmoqda. Bu ko‘rsatkich 2016 moliyaviy yiliga qaraganda 2,5 milliard dollarga ortiq.

Agentlik bergan xabarga ko‘ra, "Yevropada Rossiya bosimi"ga qarshi yo‘naltirilgan moliyalashtirish hajmi to‘rt karra oshadi, AQShning Yevropadagi harbiy ishtirokini kengaytirishga qaratilgan xarajatlar 800 milliondan 3,4 milliard dollargacha ko‘tariladi, xorijdagi maxsus harbiy operatsiyalarni o‘tkazish xarajatlari esa 58,8 milliard dollarni tashkil etadi.

Ko‘proq yangiliklar: