AFP: Nigeriya vitse-prezidenti sobiq hukumatni 15 mlrd dollarni talon-taroj qilganlikda aybladi

Jahon 12:35 / 04.05.2016 2309

Nigeriya vitse-prezidenti Yyemi Osinbajo mamlakatning sobiq hukumatini 15 milliard dollarlik davlat pul vositalarini qurol-yarog‘ sotib olishdagi tovlamachilik tizimlarini amalga oshirishda talon-taroj qilganlikda aybladi. Bu to‘g‘risida AFP xabar berdi. 

"Mamlakat valyuta zaxiralarining yarmidan ko‘pini tashkil qiluvchi ulkan miqdordagi pul mablag‘i davlat mudofaasi uchun zarur bo‘lgan qurol-yarog‘ va uskunalarni sotib olishdagi tovlamachilik tizimlari va korrupsiya natijasida yo‘q qilingan", - deb Osinbajoning so‘zlarini keltiradi agentlik.

Bundan avval Nigeriya prezidenti Muhammad Buxoriy qurolli kuchlarni korrupsiyada ayblab, tergov ishi o‘tkazilishini talab qilgan. 

Afrikadagi eng ko‘p aholi yashovchi mamlakatda iqtisodiy va moliyaviy jinoyatlar bo‘yicha komissiya sobiq 38 askar va kompaniyalarga qarshi tergov ishi olib borgan. Ularning qurol sotib olishdagi firibgarlik ishida ishtiroki taxmin qilinmoqda.

O‘tgan yilning noyabrida Buxoriy mamlakatning sobiq rahbari Gudlak Jonatanning xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi - Sambo Dasukini hibsga olishni buyurgandi. U "Boko Haram" terrorchi tashkiloti bilan kurashga ajratilgan 2 milliard dollarni o‘zlashtirishda gumon qilinib qo‘lga olindi.

Ayblovning ta'kidlashicha, Dasuki 12ta vertolyot, 4ta samolyot va qurol-yarog‘larni sotib olish uchun soxta shartnomani imzolagan.

Nigeriya armiyasi vakillari salohiyatli byudjyet xarajatlariga qaramay, ular "Boko Haram" terrorchi tashkiloti bilan kurashish uchun yetarlicha jihozlanmaganidan shikoyat qilishgan.

Nigeriya prezidentining fikricha, ekstremistlar bilan kurash milliy armiya qatorlaridagi korrupsiya tufayli uzilib qolmoqda. Prezident tovlamachilik tizimiga aloqador shaxslarga nisbatan puxta tergov olib borishga buyruq berdi.

"Agar pul mablag‘lari o‘z maqsadlari yo‘lida sarflanganda edi, minglab nigeriyaliklarning hayoti saqlanib qolgan bo‘lardi", deydi u.

Ko‘proq yangiliklar: