Pfizer farmatsevtik kompaniyasining choraklik daromadi 27 foizga o‘sdi

Iqtisodiyot 22:07 / 03.05.2016 2933

Pfizer farmatsevtik kompaniyasining 2016 yil 1-choragidagi daromadi 3,016 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu mart oyi oxiridagi natijalardan ko‘ra 27 foiz ko‘proqni tashkil qilgan, deb aytilmoqda kompaniya matbuot bayonotida. 

Pfizer’ning 1-chorakdagi tushumi 20 foizga, ya'ni 10,9 mlrd dollardan 13 mlrd dollargacha o‘sdi. Bunda kompaniya yillik tushumi avval e'lon qilingan 49-51 mlrd dollar o‘rniga 51-53 mlrd dollarni tashkil qilishi rejalashtirmoqda. 

Ma'lum qilinishicha, Viagra dorisi sotilishining o‘zi kompaniyaga 1-chorakda 396 mln dollar keltirgan. Bunda dorining AQShdagi savdosi 5 foizga oshgan, qolgan davlatlarda esa 2 foizga kamaygan.

Ko‘proq yangiliklar: