Luis Enrike yozda «Barselona»ni tark etmaydi va kamida bir mavsum jamoada ishlaydi

Sport 17:10 / 03.05.2016 3379

Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiyi Luis Enrike mavsum yakunlangach jamoani tark etmaydi. Bu haqda Sport.es internet-nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, 45 yoshli mutaxassisning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2017 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan va u shartnoma shartlarini to‘liq ado etish istagida bo‘lib turibdi. U bu haqda barcha o‘ziga yaqin bo‘lgan kishilarni ogohlantirgan.

Enrike Kataloniya klubining yetakchi futbolchilari bilan kelgusi mavsum borasida gaplashib olgan va rejalari bilan o‘rtoqlashgan.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» Enrike bilan o‘tgan yilning yozida shartnomasini uzaytirgandi. Murabbiyning nafaqat maoshi oshirilgan, balki jamoaning transferlar tizimiga o‘zi mas'ul etib tayinlangandi.

Ko‘proq yangiliklar: