Lester meri Piter Soulsbi «Lester» Angliya chempionatidagi g‘alabasi bilan tabriklab o‘tdi.
«Bir yil avval biz Qirol Richardning qayta dafn marosimini o‘tkazgandik. O‘shanda bundan muhimroq voqeilik bo‘lmasa kerak deb o‘ylagandik. Aslida esa bo‘lishi mumkin ekan. APLdagi g‘alaba yanada kengroq masshtabdagi voqeilikdir.
Richardning hurmat bilan dafn qilganimiz uchun taqdirlanganimizni gapirishmoqda.
Lekin ko‘pchilik jamoani shahrimizni timsoli sifatida e'tirof etmoqda. Bu Lester» uchun ajoyib natija», – deya gapirib o‘tgan Soulsbi.