Uorren Baffet neftning arzonligini AQSh uchun foydali deb atadi

Iqtisodiyot 18:29 / 02.05.2016 2974

Dunyoning eng badavlat kishilaridan biri, Berkshire Hathaway sarmoya guruhi asoschisi Uorren Baffet CNBC telekanaliga bergan intervyusida jahon bozorida neft narxining past darajada ekanligi AQSh uchun hech qanday zarar keltirmasligini tan oldi. Uningcha, bu holat Amerika uchun faqat foyda keltiradi. 

“Biz neft importyorlarimiz, shuning uchun neftning past narxlari biz uchun foydali. Shunga qaramasdan, bu (neftning arzonligi) juda ko‘p odamlar, ulkan sanoat va ko‘plab mamlakatlarga ta'sir o‘tkazadi. Lekin nimadir import qiladiganlarga, import qilinadigan mahsulotning arzonligi hamisha foydali”, - ma'lum qildi amerikalik sarmoyador. 

Neftning jahon bozoridagi narxi yil boshidan buyon 20 foizdan ortiq o‘sdi. Biroq ko‘p mamlakatlarda hamon ushbu soha tang ahvolda qolmoqda. 

London va Nyu-York elektron savdosi natijalari shuni ko‘rsatadiki, jahon neft narxi yana pastlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: