Simeone diskvalifikatsiya qoidalarini buzgani uchun 20ta o‘yindan diskvalifikatsiya qilinishi mumkin

Sport 10:54 / 02.05.2016 6344

Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 3ta o‘yinidan diskvalifikatsiya qilingan «Atletiko» Diyego Simeone diskvalifikatsiyasi borligiga qaramay jamoani garnitur orqali boshqarganlikda ayblanib, yarim yilga chetlatilishi mumkin.

U «Malaga»ga qarshi 35-tur o‘yinida maydonga ikkinchi to‘pni qasddan tashlab yuborgani uchun mavsumning qolgan o‘yinlaridan chetlatilgandi.

Endilikda Simeone La-liganing 36-turida «Rayo Valekano»ga qarshi kechgan uchrashuvda zaxira o‘rindig‘ida qoldirilgan jamoa sardori Gabi Fernandes orqali quloqchinli mikrofon orqali jamoa o‘yini borasida ko‘rsatmalar berib turgani gumon ostiga olingan.

O‘yin davomida tribunada darvozabonlar murabbiyi Pablo Verselone bilan yonma-yon o‘tirgan Simeone u orqali Gabiga o‘z gaplarini yetkazgan.

As nashri tarqatgan fotosuratda Verselone va Gabida quloqchinlar borligi ko‘rsatilgan.

Agar Ispaniya Futbol Federatsiyasi mavjud vaziyatni o‘rganib chiqib, Diyego Simeoneni aybdor deb topsa, u 4 tadan 20 tagacha o‘yinga chetlatilishi mumkin. Bu deyarli yarim yil davomida Simeone o‘yinlarni tomoshabinlar qatorida kuzatishi kerak, degani.

Madrid klubi boshqaruvi direktori Klement Valverde vaziyatga bittagina gap bilan izoh berdi: — «Men aytishim mumkin bo‘lgan yagona narsa — Simeone quloqchinlardan foydalanmagan».

Ma'lumot uchun, «Atletiko» Ispaniya La Ligasida «Barselona» bilan bir xilda ochko jamg‘arib, chempionlik uchun kurashni davom ettirmoqda. 36-tur doirasida klub «Rayo Valekano» ustidan 1:0 hisobida zafar quchgandi.

Ko‘proq yangiliklar: