Rayhon G‘aniyeva farzandlarining tavallud kunini nishonladi

Jamiyat 18:17 / 02.05.2016 28141

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva  1 may kuni tavallud topgan egizaklarining suratlarini instagramdagi sahifasida joylashtirib, ostiga rus tilida: 
—  Mening oltinlarim, jondan sevimli bolalarim! Tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklayman. Sizlarni Alloh saqlasin. Uzoq  umr va baxtli hayot tilayman,— deya dil izhorlarini bitdi. 


Shuningdek, tug‘ilgan kun bayramini farzandlarining mitti tengdoshlari davrasida nishonlagan xonanda quvonchli daqiqalarga boy bo‘lgan bir necha suratlarni instagram orqali bo‘lishdi. 

Qolaversa, Rayhonning sobiq turmush o‘rtog‘i Yigitali Mamajonov ham bu quvonchli daqiqalarni unutgani yo‘q. U ham farzandlarining eski suratlarini instagramdagi sahifasiga joylashtirib, egizaklarni g‘oyibdan tabrikladi va o‘zbek tilida: 

- Tug‘ilgan kun muborak bo‘lsin o‘g‘illarim, mening polvonlarim. Albatta, hozir bu tabriklarimizni tushunishingizga vaqtli. Lekin inshaolloh, katta bo‘lib, o‘zingiz o‘qiysiz... ilohim, tan jonlaring sog‘ bo‘lsin hamisha. Katta yigit bo‘lib, ota-onam deydigan, iymonli, e'tiqodli, qalbi pokiza, ibratli, halol inson bo‘linglar. Alloh o‘z panohida asrasin sizlarni, — deya izoh qoldirdi.

Ko‘proq yangiliklar: