Hindiston Eronga 6,5 milliard dollarlik neft qarzini qaytaradi

Jahon 14:16 / 02.05.2016 10266

Hindiston yaqin kunlarda Erondan 6,5 milliard dollar neft qarzdorligini uzmoqchi. Bu haqda Times of India ma'lumotiga asoslanib RIA Novosti xabar berdi

“Biz Eronga qarzni qaytarish ustida ishlayapmiz va bu masala tez orada hal bo‘lishiga umid qilamiz”, - deyiladi hukumat xabarida. 

Hozir tomonlar to‘lovni amalga oshirish yo‘llarini muhokama qilmoqda. Hindiston bosh vaziri Narendra Modi may oyida Eronga tashrif buyurishi mumkin. Shu sababdan tomonlar tezroq bir to‘xtamga kelish uchun harakat qilmoqda. 

Yanvar oyida sanksiyalar bekor qilingach, Eron Hindistonga neft yetkazib berishning uch yildan buyon amal qilgan yo‘nalishini to‘xtatdi. Shu davr mobaynida to‘lovning 45 foizi rupiyda, qolgani yevroda amalga oshirilgan. Sanktsiyalar olingach, Eron to‘lovni to‘liq yevroda to‘lanishini talab qila boshladi. Bundan tashqari, Hindistonning neftni qayta ishlash zavodlariga mahsulotni bepul yetkazib berish ham to‘xtatib qo‘yildi. 

Sanktsiyalar bekor qilinganiga qaramasdan, bank sohasida hamon ba'zi chigalliklar mavjud. Shu muammolar tufayli oddiy tranzaksiyalarni amalga oshirish imkoni yo‘q.

Ko‘proq yangiliklar: